Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yordamchilariga Klintonning sog‘ligi bo‘yicha salbiy fikrlar bildirishni taqiqladi
AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp o‘z shtabiga demokratlar vakili bo‘lmish raqibi Hillari Klintonning sog‘ligi yomonlashgani bo‘yicha salbiy izohlar bildirishdan tiyilishni ko‘rsatma berdi. Bu haqda CNN xabar bergan.
11 sentabr kuni Nyu-Yorkda 2001 yilgi terakt qurbonlari xotirasiga o‘tkazilgan xotira marosimi vaqtida Klinton xonim o‘zini juda yomon his qila boshladi. Shundan so‘ng, u marosimni barvaqt tark etdi. U avtomobilgacha mustaqil yetib bora olmadi. Nomzodning yiqilayozgani va oyog‘idagi tuflisi tushib qolgani tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Avvaliga uning shtabidagilar buni issiq urishi bilan izohlashgandi.
Ko‘p o‘tmay, shaxsiy shifokor Hillari Klintonda pnevmoniya borligini ma'lum qildi.
Trampning yordamchilari qayd etishicha, u "Klinton xonimning tezroq tuzalishini istaydi". U yordamchilariga bergan ko‘rsatmasi orqali raqibiga hurmat ko‘rsatgani aytilgan.
Telekanal muxbirining eslatishicha, Tramp bundan avval bir necha marta Klinton xonimning sog‘ligi haqida kinoyali fikrlar bildirgandi. Lekin bu safar u jim turishni ma'qul ko‘rgan va ijtimoiy tarmoqlarda ham bu haqida hech narsa yozmagan.
Tramp 11 sentabr kungi marosimlarda ishtirok etishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025