Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:05 / 13.09.2016
13223
1 daqiqa o‘qiladi
1845 yilda yo‘qolgan "Terror" kemasi topildi
Tadqiqotchilar Jon Franklinning 1845-1847 yillardagi yo‘qolgan Arktika ekspeditsiyasida ishtirok etgan "Terror" bombardimon kemasi qoldiqlarini topishdi. Kema avval taxmin qilingan muz tagida qolgan joyidan janub tomon 60 mil masofada ekanligi aniqlandi.
Ekspeditsiyaning ikkinchi - "Erebus" kemasi 2014 yilda topilgan.
11 sentabr kuni Arctic Research Foundation tadqiqot tashkiloti mutaxassislari masofadan boshqariladigan kichik submarina yordamida Arktikadagi ko‘rfazlardan birida cho‘kib ketgan ikkinchi kemaga yetib borgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish