Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVI Xalqaro Pushkin tanlovida 5 nafar o‘zbekistonlik o‘qituvchi g‘olib bo‘ldi
8-12 sentabr kunlari Moskvada rus tili va adabiyoti muallimlari uchun XVI Xalqaro Pushkin tanlovi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilgi tanlovda insho mavzusi - "O‘quv mashg‘uloti. Sizning yurtingizda rus tili o‘qituvchisini kim va qanday tayyorlaydi?". Bu haqida Rossiya ilm-fan va madaniyat markazining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Mazkur tanlov Moskva hukumati va Roshamkorlik Federal agentligining qo‘llab-quvvatlashi ostida "Rossiyskaya gazeta" tomonidan tashkillashtirilgan.
Tanlovda 43 mamlakat ishtirok etdi, shular ichidan 22 davlatning 50 nafar rus tili pedagogi g‘olib, deb topildi. Shunisi quvonarliki, O‘zbekistonning turli hududlaridan tanlovda ishtirok etgan 5 nafar rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi ham g‘oliblar qatoridan joy oldi: Asanova Dilfuza - Nukus; Mavlanova Feruza – Jizzax viloyati; Naumkin Mixail – Buxoro; Karimova Raisa - Marg‘ilon; Odinayev Timur - Termiz. Bunday yuksak natijalar O‘zbekistonda rus tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishdan dalolat beradi.
Tanlov g‘oliblari Roshamkorlikning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasiga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Mavzuga oid
23:05 / 28.11.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi. Pullar nimaga ishlatilgan?
22:06 / 27.11.2025
Oltin narxining oshishi yoki tushishi: bu O‘zbekiston uchun qay darajada ahamiyatli?
21:10 / 20.11.2025
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
22:17 / 15.11.2025