Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton so‘rovnomalarga ko‘ra Trampni 2 foizga ortda qoldirmoqda
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton 8 noyabrda saylovga kelishga qaror qilgan saylovchilar orasida o‘z raqibi Donald Trampni 2 foizga ortda qoldirmoqda. Bundan New York Times nashri va CBS News telekanali o‘tkazgan so‘rovnoma darak bermoqda. So‘rovnoma natijalari 15 sentabrda chop etildi.
Saylovchilar orasida Klinton 46 foiz ovoz, Tramp esa 44 foiz ovoz to‘plamoqda va ular orasidagi farq so‘rovnomaning statistik xatoligidan (3) kamroqni tashkil qilmoqda. Barcha ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilar orasida Klintonning yetakchiligi kattaroqdir: 46 foizga qarshi 41 foiz. Yana ikki nomzod – Libertarian partiyasi nomzodi Geri Jonson 8 foiz, "yashillar" vakili Jill Steyn 4 foiz to‘plagan.
So‘ralganlar ikkala yirik partiyadan ham norozilar. Tramp yoki Klintonga ovoz berishga tayyor bo‘lganlardan yarmidan sal ko‘prog‘i ularni qat'iy qo‘llab-quvvatlashlarini aytishgan, qolganlari esa hukumat tepasiga "o‘z" partiyasi raqibini qo‘ymaslik uchungina ovoz berishlarini aytishgan.
So‘rovnomada 1443 nafar saylovchi ishtirok etgan.
Klinton Tramp o‘zining nomaqbul nutqlari sababli dashnomlarga uchrayotgan vaqtda iyul-avgustdagi ko‘pchilik so‘rovnomalarda ancha katta farq bilan yetakchilik qilayotgandi. Biroq oxirgi haftalarda Klinton ham muammolarga duch kelmoqda. Avval Klinton Tramp tarafdorlarining yarmini qoralagandi, so‘ngra FQB Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq mojaro haqida nomaqbul hisobot chop etgan.
Bundan tashqari, Klinton nutqlari vaqtida bir necha marotaba o‘zini yomon his qilgan va bu uning salomatligi yomonligi haqidagi gaplarga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:22 / 21.03.2026
Markaziy bank so‘rovnomasi: o‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
13:00 / 21.01.2026