Texnologiya | 11:42 / 15.09.2016
6607
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda Wi-Fi terminallari yopib qo‘yiladi

AQShning Nyu-York shahrida o‘rnatilgan va internet tarmog‘iga kirish imkonini beruvchi LinkNYC kioskalari tarmog‘i, yangi qurilmalar uysizlar tomonidan egallab olingani to‘g‘risidagi murojaatlardan so‘ng, uzib qo‘yiladigan bo‘ldi. Biroq, mazkur qurilmalardan bepul qo‘ng‘iroq va telefonlarni quvvatlash uchun foydalanish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ular vositasida Wi-Fi tarmog‘iga ulanish imkoni saqlab qolinadi, deyiladi kompaniya bayonotida. 

«Biz, ayrim foydalanuvchilarimiz Link ekranlarini egallab olishganini va ularni maqsadsiz ravishda qo‘llashini bilamiz», — deya xabar qilgan LinkNYC.

The Guardian nashrining yozishicha, terminallardan eng faol foydalanayotganlar orasida uysizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular mazkur kioskalarda telefonlarini quvvatlab, musiqiy videokliplar tomosha qilishgan. Bundan tashqari, nashrning qayd etishicha, mazkur terminallardan shahvoniy saytlarga ham kirilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid