Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Klintonning sog‘ayishi va poygaga qaytishiga umid bildirdi
AQSh prezidentiligiga nomzod respublikachi Donald Tramp o‘zining demokratchi raqibi Hillari Klintonga hamdardlik bildirdi. Kuni kecha Demokratlar partiyasi nomzodiga o‘pka yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan edi. Undan avval siyosatchi o‘zini yomon his qilganligi tufayli 11 sentabrdagi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimni tark etishiga to‘g‘ri kelgandi.
"Bu oson deb o‘ylaysizmi? Ushbu ajib maskanda hozir Faringeyt bo‘yicha 122 daraja issiq. Doim ana shunday sharoitlarda chiqish qilishga to‘g‘ri keladi, chunki juda ko‘p xalq to‘planadi. Joy esa buncha kishiga mo‘ljallanmagan. Hillari Klinton 4 soat davomida mana shunday sharoitlarda chiqish qila oladi, deb o‘ylaysizmi? Bilmayman", - dedi Tramp The Guardian nashriga.
Respublikachilar vakili sobiq davlat kotibining sog‘lig‘i yaxshilanishiga va uning poygaga qaytishiga umid bildirdi.
Demokratlar shtatida Klintonning terakt qurbonlariga bag‘ishlangan marosimni tark etishini dastlab issiqni ko‘tara olmaganligi bilan izohlashdi. Keyin esa 9 sentabrda Klintonga zotiljam tashxisi qo‘yilgani ma'lum bo‘ldi.
Klintonning shifokori Liza Bardakning so‘zlariga ko‘ra, hozirda demokratlar nomzodi "sog‘-salomat va AQSh prezidenti lavozimini egallashga tayyor".
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025