Jahon | 23:16 / 15.09.2016
7003
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yaqin besh yilda 170 dan ko‘proq turma quriladi

Foto: © RIA

Turkiya adliya vazirligi Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin ommaviy hibsga olishlar ortida mamlakatning axloq tuzatish muassasalarida joylar yetishmayotgani sababli 174 ta yangi turma qurilishini ma'lum qildi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar bermoqda. 

Avvalroq Tekirdag viloyatidagi turmalardan birida jazo o‘tayotgan mahbuslar turma rahbariyatiga uch kishilik kameralarda 6 nafardan mahbus saqlanayotganidan shikoyat qilganlar. Turma rahbariyati bu shikoyatni Turkiya adliya vazirligiga jo‘natgan va unga javob xati olingan.

"Yaqin 5 yil ichida 174 turma quriladi, ular jazolanganlarning soni oshgani sababli ehtiyojlarni qondirish maqsadida 100 ming kishini joylashtirishga imkon beradi", deyilgan xatda. Vazirlik hozirda mahbuslarning soni Turkiyada mavjud imkoniyatlardan ko‘pligini tan oldi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid