Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: AQSh Rossiyaga qarshi razvedkani kengaytirmoqda
AQSh maxsus xizmatlari Rossiyaga qarshi razvedka operatsiyalarini "sovuq urush" davridan beri eng katta miqyosgacha kengaytirishni boshladi. Bu haqda Washington Post nashri nomi aytilmagan manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Safarbarlik Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy operatsiyalari, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (ANB) kiberjosusligi, sun'iy yo‘ldoshlar va razvedkaning boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, bunday harakatlar AQSh razvedka imkoniyatlarini "qayta tuzishga" qaratilgan. Nashrning aytishicha, bu imkoniyatlar yaroqsiz holga kela boshlagan.
AQSh amaldorlarining ta'kidlashicha, AQSh Rossiyaga qarshi razvedkani kengaytirayotganiga qaramasdan, uning ko‘lami "sovuq urushi" vaqtida kuzatilgan darajagacha yetkazilmaydi. Ta'kidlanishicha, MRB va AQShning boshqa razvedka boshqarmalari byudjyetining 10 foizga yaqini Rossiyaga qarshi josuslik uchun yo‘naltiriladi.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya sobiq ittifoq parchalangandan keyin AQSh maxsus xizmatlari ishida ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda.
Mavzuga oid
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
13:22 / 27.12.2025