Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda masjiddagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetdi
Pokistonda masjiddagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetdi, deb ma'lum qildi 16 sentabrda Afg‘oniston bilan chegaradosh Mohmand muxtor okrugi hukumati.
"Masjidning bir qismi va bolaxona portlash oqibatida ibodat qilayotganlar ustiga qulab tushgan. Vayronalar tagidan jasadlarni olmoqdamiz", deb aytdi okrug ma'muriyati vakili Navid Akbar.
Voqea juma namozi vaqtida yuz berdi. Akbarning aytishicha, masjidda ibodat vaqtida odamlar orasida bo‘lgan terrorchi-xudkush portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.
Ayni vaqtda hech bir terrorchilik guruhi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
21:20 / 30.03.2026
Pokistonda «yaqin kunlar ichida» AQSh va Eron muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
09:10 / 25.03.2026