Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning MDHda raislik qilishiga Ukrainaning qarshi chiqishiga javob berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2017 yilda MDHda raislik qilishiga Ukrainaning e'tiroz bildirishiga izoh berdi.
Ukrainaning Bishkekdagi elchisi Nikolay Doroshenko Rossiya xalqaro huquq me'yorini buzgani va Ukrainaning bir qismini qo‘shib olgani sababli Kiyev Rossiyaga MDHda raislik qilishning berilishiga qarshi ekanligini aytgan.
Putin Ukraina MDH kengashi ishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildira olmasligini aytdi.
"Rossiyaning MDHda raisligiga kelsak, Ukraina, afsuski, MDH nizomini imzolamagan va ratifikatsiya qilmagan va shuning uchun bu tuzilmaning ishi bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishga da'vogarlik qilishi dargumon", deb aytdi Putin.
Avvalroq MDH sammitida 2017 yil 1 yanvardan hamdo‘stlikda raislik qilishning Rossiyaga o‘tishi haqidagi qaror rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026