Jahon | 15:37 / 16.09.2016
5429
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya sudi Assanjni hibsga olish to‘g‘risidagi orderini bekor qilmadi

Stokgolm appelyatsiya sudi WikiLeaks tashkiloti asoschisi Julian Assanjni hibsga olish bo‘yicha chiqarilgan qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda, sud mahkamasi xabar qilgan. 

"Appelyatsiya sudi hibsga olish orderini bekor qilish xususida berilgan murojaatni qanoatlantirmadi. Bu borada boshqa majlis o‘tkazilmaydi", -deb qayd etgan sud. 

Avstraliyalikning advokatlari shu bilan sakkizinchi marta orderni bekor qilish xususida ariza topshirishgan edi. 6 yil muqaddam, Shvetsiya sudi jinsiy tajovuzda gumon qilingan Assanjni qo‘lga olish to‘g‘risida buyruq bergandi. Advokatlar, 2010, 2014 va 2015 yillarda, shuningdek, 2016 yil 22 yanvarida BMTning noqonuniy ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha ishchi guruhi Assanjning ozodligi cheklanganini asossiz deb topgach, yana bir bor murojaat qilgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid