Jamiyat | 08:18 / 17.09.2016
6265
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik mashhur dramaturg Edvard Olbi olamdan o‘tdi


Amerikalik dramaturg, Pulittser mukofoti sohibi Edvard Olbi 88 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Dramaturgning o‘limi haqida uning shaxsiy yordamchisi xabar bergan. Olbi Nyu-York shtatining sharqida joylashgan Montok shahridagi shaxsiy uyida vafot etgan. O‘lim sabablariga oydinlik kiritilmagan, faqat uning diabet bilan og‘rigani ma'lum xolos. Ma'lum qilinishicha, dramaturg bir necha yil muqaddam vafotidan so‘ng e'lon qilinishini vasiyat qilgan murojaatnoma yozib qoldirgan.

«Mening hayotimni nurga, quvonchga va baxtga to‘ldirgan har bir kishidan minnatdorman va o‘z muhabbatimni izhor etib qolaman», — deb yozgan Olbi.

Ma'lumot uchun: Edvard Olbi — mashhur «Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi?» pesasi muallifi hisoblanadi. U ushbu asarni 1962 yilda yozib tugatgan. Amerikalik dramaturg, shuningdek, «Beqaror muvozanat», «Dengiz manzarasi» va «Uch nafar baland bo‘yli ayol» asarlari uchun uch karra Pulittser mukofotini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid