Bu vatanda bir Vatan
Qurmoqni istaydir köngil,
özni ozod quş kabi
Körmoqni istaydir köngil.
Bu Vatan timsoli bölsa
Tong quyoşi şu'lavor,
Şu'lalar qöynida çarx —
Urmoqni istaydir köngil.
Bu misralar muallifi öz Vatanini, xalqini hur va ozod körişni istadi. Öşanda Özbekiston mustamlaka davlat edi. Ammo şoir qörqmadi, dilidagi sözlarni tiliga dadil çiqardi. Köngil daryosidan oqayotgan suvni loyqalatişni, uni yolğonlar bilan bulğatişni istamadi. Bir söz bilan aytganda köngliga qarşi borişni istamadi.

Özbekiston Xalq şoiri, dramaturg, jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning tavallud topganiga bugun roppa-rosa 80 yil töldi. Bu umr yöli munosib, avlodlarga örnak bölgudek darajada yaşab ötildi. Uluğ şoir 1990 yildan davlat-jamoatçilik faoliyati bilan şuğullandi. 1990-1995 yilarda Özbekiston Oliy Kengaşi qömitasi raisi, 1995-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi raisi, 2005-2008 yillarda Oliy Majlis Senatining madaniyat va sport, fan, ta'lim masalalari qömitasi raisi lavozimlarida faoliyat olib bordi.

Erkin Vohidov haqida biror narsa qoralamagan, uning yorqin, his-tuyğuga töla şe'rlaridan bahra olmagan va buning ta'sirida qöliga qalam olmagan ijodkor bölmasa kerak. Şoir Vatanni seviş, uni qadrlaş, eng asosiysi, tinçlik, hurlik, ozodlik kabi buyuk ne'matlarning qadriga yetişni örgatdi.

Bugun Erkin Vohidov xonadonida tarixiy voqea yuz berdi. Özbekiston xalq şoirining 80 yilligi munosabati bilan uning uyida yodgorlik örnatildi.











