Özbek adabiyoti yana bir judolikka uçradi. 4 dekabr tongda taniqli yozuvçi, dramaturg Erkin Usmonov olamdan ötdi. Bu haqda şoir Muhammad Ismoil “Facebook”dagi öz sahifasida xabar bergan.

Erkin Usmonov 1952 yilning 10 fevralida Toşkent şahrida tavallud topgan. 1978 yilda Toşkent davlat çet tillar institutini tugatgan. Uning önlab kitoblari, hikoya va qissalari çop etilgan. Bular qatoriga “Gunafşa”, “Olam nurga töladi”, “Hayratlarga töla dunyo”, “Ayol kişining baxti” va “Yuk kötargan odam” asarlarini qöşiş mumkin.

Erkin Usmonov Karel Çapek, Grin, Paustovskiy, Anor kabi adiblarning asarlarini rus va ingliz tilidan özbekçaga ögirgan.