Jamiyat | 21:12 / 20.01.2017
9730
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2016 yil sarhisobini berdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2016 yil yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar ijod ahli har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta'kidladi.
2016 yilda Toshkentda yashab ijod qilayotgan yuzga yaqin taniqli adiblar viloyatlarda ijodiy safarlarda bo‘ldi. 
Ulug‘ ajdodlarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi, Mustaqillik bayrami, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan mamlakat hududlarida tashkil qilingan adabiy uchrashuvlar, anjumanlar, targ‘ibot tadbirlarida yozuvchi va shoirlar faol qatnashdi.
An'anaviy “Iste'dod maktabi” seminarida yosh ijodkorlarning nazm, nasr, badiiy publitsistika, tarjima, dramaturgiya va bolalar adabiyoti yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlari keng muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, viloyatlardagi hududiy bo‘linmalar faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid