Jahon | 13:01 / 17.09.2016
28628
1 daqiqa o‘qiladi

MDH davlat rahbarlari Islom Karimov xotirasini yodga olishdi

MDHning Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan yubiley sammitida hamdo‘stlikka a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga olishdi. Shundan so‘ng, davlat rahbarlarining keng tarkibdagi majlisi boshlangan. 

«Sentyabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hayotdan ko‘z yumdi. Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev taklifiga binoan biz qardosh O‘zbekiston xalqiga murojaatimizni yo‘llashga qaror qildik. Biz, O‘zbekiston xalqini prezidentlik saylovlarini tinch va barqaror vaziyatda o‘tkazib olish hamda Islom Karimov boshlab bergan yo‘l davom etishi uchun birdam bo‘lishga chaqiramiz», - deya qayd etgan Almazbek Atambayev.

Mavzuga oid