Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General: Buyuk Britaniya armiyasi Rossiyaning hujumiga dosh bera olmagan bo‘lardi
Buyuk Britaniya qurolli kuchlari mobodo Rossiya armiyasi hujum qilgudek bo‘lsa, mamlakatni himoya qila olmaydigan ahvolda. Bu pozitsiya Buyuk Britaniya birlashgan qo‘shinlarining sobiq rahbari, general Richard Barrons tomonidan bildirilgan. Bu haqda The Financial Times nashri xabar tarqatdi.
Uning aytishicha, ayni vaqtda armiya tashqi hujumlardan himoyalanishga tayyor emas, armiya havodan, quruqlikdan va hamda suvdan qilingan hujumlardan mamlakatni himoya qila olmaydi.
Barronsning Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellonga yo‘llagan 10 sahifali memorandumida bildirilishicha, mamlakat qurolli kuchlari bugungi kunda shaxsiy tarkib masalasida ham, qurol-yarog‘lar masalasida ham muammolarga duch kelgan. Armiyada askarlar soni yetarli emas, qurollar va harbiy texnikalar esa eskirgan.
Generalning xabar qilishicha, mamlakat armiyasi urush boshlangudek bo‘lsa, «dushmanga qarshi zirhli texnikalarsiz, havo hujumidan mudofaa qismlarisiz va artilleriya kuchlarisiz, ayniqsa aviatsiyasiz» jang olib borishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
14:21
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
15:29 / 10.02.2026
Britaniya “yashirin flot” tankerlarini kuzatish va qo‘lga olish rejasini tayyorlamoqda
12:06 / 10.02.2026
Britaniya bilan “aqlli shifoxona” loyihasi muhokama qilindi
09:41 / 07.02.2026