Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York va Nyu-Jyersida portlashlar: 29 kishi jarohatlandi
Shanba kuni AQShda 2ta portlash ro‘y berdi: kunduz mahal Nyu-Jyersi shtatidagi marafon vaqtida, kechqurun Nyu-York shahrining odamlar eng to‘plangan qismida. Nyu-Jyersidagi portlash hech kimga shikast keltirmagan, Nyu-Yorkdagi portlash oqibatida esa 29 kishi jarohatlangan. Bu ikki hudud bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsada, politsiya voqealar orasida bog‘liqlik borligini qayd etmagan.
Nyu-Yorkdagi portlash
Nyu-Yorkdagi portlash shaharni Chelsi dahasi yaqinida, 6-avenyu va 23-ko‘cha burchagidagi xonadon o‘rtasida ro‘y bergan.
"Jabrlanuvchilar soni 29 nafar, ulardan biri og‘ir ahvolda", — degan Nyu-York politsiyasi rahbari Jyeyms O'Nil. U shu kuni yangi lavozimida ilk kunini o‘tkazgandi.
Avvaliga maishiy gaz portlagani haqida aytildi, lekin keyinchalik portlovchi qurilma ishga tushirilgani haqida xabar berildi.
Keyinroq shaharning ikki nuqtasida shubhali buyumlar aniqlandi va yo‘q qilindi.
Nyu-Jyersidagi portlash
Nyu-Yorkdagi voqealardan bir necha soat oldin bu shahardan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan Nyu-Jyersi shahrida marafon arafasida portlash ro‘y bergandi.
Temir trubadan yasalgan qo‘lbola portlovchi qurilma mahalliy vaqt bilan soat 9:30da (Toshkent vaqti bilan soat 18:30) harakatga keltirilgan. 5 km masofaga 5 mingga yaqin kishi ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan xayriya marafoni soat 09:00da boshlanishi kerak bo‘lgan, ammo ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar tufayli start kechiktirilgan. Portlashdan so‘ng, yugurish bekor qilingan.
Hududda yana bir nechta harakatga kelmay qolgan portlovchi qurilmalar topilgan.
Mavzuga oid
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025