Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan marshrutka ag‘darilib ketdi
Bugun soat 9da Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida Lacetti va «Gazel» markasidagi yo‘nalishli taksi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Ushbu ikki transport vositasi to‘qnashishi oqibatida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan 29-yo‘nalishdagi marshrutka ag‘darilib ketgan.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, avariyaga aynan «Gazel» haydovchisi sababchi bo‘lgan. U bu vaziyatda tezlikni oshirgandi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Nuz.uz nashri ma'lumotiga ko‘ra, marshrutkaning bir necha yo‘lovchisi jarohatlangan holda shifoxonaga olib ketilgan.






Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026