Jahon | 22:55 / 19.09.2016
58415
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti yuragidagi muammo sababli AQShga ketayotgan yo‘lidan ortga qaytdi

Qirg‘iziston prezidenti Almasbek Atambayev AQShning Nyu-York shahriga safarini yuragidagi muammo sababli qoldirdi, deb ma'lum qilindi Atambayev saytida.

"Bishkekdan Nyu-Yorkkacha yo‘lda, Qirg‘iziston delegatsiyasi Otaturk nomidagi aeroportda boshqa samolyotga o‘tirmoqchi bo‘lganda Almazbek Atambayev o‘zini yomon his qilgan va shu sababli unga birinchi tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan", deyildi xabarda.

Shifokorlar ko‘rikdan keyin ko‘krakda og‘riqdan shikoyat qilgan Atambayevga zudlik bilan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ko‘rsatma berganlar.

Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston delegatsiyasiga endi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abullayev boshchilik qiladi.

 

Mavzuga oid