Londonning Parlament maydoni qutqaruv nimchalar qabristoniga aylantirildi
Faollar Londonning Parlament maydonini qutqaruv nimchalari mozoriga aylantirishdi: ular Vestminster saroyi qarshisidagi chimga taxminan 2,5 ming dona nimchani qo‘yib chiqishdi. ITV News shu haqida ma'lum qildi.
Bu Turkiyadan Gretsiyaga dengiz orqali o‘tishga harakat qilgan qochqinlarning qutqaruv nimchalaridir. Aktsiya BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi qochqinlar va muhojirlar muammolari bo‘yicha yuqori darajali yalpi majlisiga bag‘ishlangan. Majlis bugun 19 sentabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Manbaga ko‘ra, qochqinlarga berilgan qutqaruv nimchalarining ba'zilari suzuvchi materiallardan tayyorlanmagan.
"Nimchalar qabristoni" UinstonCherchillning haykali yonidan joy oldi. Metro nashrining aniqlik kiritishicha, aksiya nodavlat Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Faollar dunyo yetakchilarining e'tiborini shu tariqa migratsiya inqiroziga qaratishmoqchi va ularni o‘z mamlakatlarida ko‘proq qochqinlarni qabul qilishga chorlashmoqchi.
Qochqinlar masalasiga qaratilgan yuqori darajali yalpi majlis bugun, 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024