Olimlar kabutarlarning so‘zlarni o‘qiy olish xususiyatini isbotlashdi
Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari ilk marotaba kabutarlarning yozilgan so‘zlarni o‘qiy olish xususiyatini isbotlashdi. Ularning imkoniyatlariga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi.
Olimlar kabutarlar ramzlarni o‘qishda "orfografik" xususiyatlarni namoyon etishini isbotlashdi. Tadqiqotda kabutarlarni ekranda to‘rt ingliz harfidan iborat so‘zlar ko‘ringanda tumshug‘i bilan unga tegishga yoki so‘z yasamaydigan to‘rt harf (masalan, URSP) paydo bo‘lsa, maxsus ramzga tegish o‘rgatildi. Olimlar asta-sekinlik bilan so‘zlarni qo‘shib borish orqali kabutarlarga 58ga yaqin so‘zni yod oldirishdi - faqatgina aql salohiyati 35 ko‘rsatkichiga teng kabutar shuncha so‘zni yod olgan, qolgan kabutarlar o‘rtacha 43ta so‘zni eslab qolishgan.
"Insonlardan 300 million yillik evolyutsiya bilan farq qiluvchi va mutlaqo boshqacha miya tuzilishiga ega kabutarlar orfografiyada hayratlanarli natija ko‘rsatishdi", - dedi tadqiqot hammuallifi O‘nur Gunturkun.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024