Jamiyat | 08:48 / 19.09.2016
6878
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: Amerikaliklarning katta qismi AQShdagi OAVga ishonmaydi

Gellap instituti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, AQSh fuqarolarining asosiy qismi mahalliy nashrlarga ishonmaydi.

Tadqiqotda ma'lum bo‘lishicha, 32 foiz kishi mamlakat ichkarisidagi va tashqarisidagi voqealarning jurnalistlar tomonidan haqqoniy yoritilishiga ishonch bildirgan. O‘tgan yilgi tadqiqotda bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etgandi.

Amerikaliklarning OAVga ishonchi darajasi pasayishiga saylovoldi kampaniyalari sabab bo‘ldi. Aholining fikricha, Hillari Klinton nashrlar tomonidan haddan ortiq darajada qo‘llab-quvvatlanmoqda va undan ideal siyosatchi siymosi yaratilmoqda. 

Shuningdek, amerikaliklar blogerlikning ommalashib ketishi ortida jurnalist sifatida tan olinishning talablari darajasi keskin tushib ketganini qayd etishgan.

So‘rovnomada ishtirok etganlar yirik telekanallar va nashrlarning to‘qib-bichishlari hamda og‘machiligidan noroziliklarini bildirishgan.

Xususan, tanqidchi Layonell RT telekanaliga bergan intervyusida gap "yolg‘on to‘qishda" ham emas. Uning fikricha, Amerikadagi istalgan nashrni ma'lum maqsadda foydalanish uchun sotib olish mumkin hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, OAV nufuzi 1976 yili eng yuqori darajasiga erishgandi. O‘shanda amerikaliklar Vetnamdagi urush bo‘yicha jurnalistik tekshiruvlar hamda Uotergeyt ishi haqida ko‘proq bilishga qiziqishgan. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab esa, jurnalistlarga ishonch kamayishi kuzatilgan.

Mavzuga oid