Jamiyat | 23:14 / 20.09.2016
5702
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Charlz rafiqasi bilan Yaqin Sharqqa tashrif buyuradi

Uels shahzodasi Charlz rafiqasi Kamilla bilan noyabrda Yaqin Sharqqa tashrif buyuradi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 

Charlz va Kamilla Britaniya hukumati nomidan Bahrayn, Ummon va BAAda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Tashrifdan maqsad mintaqadagi asosiy hamkor davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashdan iborat.  

Bu juftlikning Yaqin Sharqqa birinchi tashrifi emas. Charlz BAAga oxirgi 10 yil ichida 4 marta tashrif buyurgan. Bahraynga kelinsa, Londonning bu davlat bilan munosabatlari Yaqin Sharq mamlakatida inson huquqlariga amal qilinishi borasidagi muammolar sababli bir necha marotaba tanqidga uchragan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid