Sport | 17:35 / 20.09.2016
17359
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasining Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlari vaqti ma'lum

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi oktabr oyida Eron va Xitoy terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

"A" guruhi doirasidagi ushbu ikki uchrashuvning boshlanish vaqtlari va joyi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.

 Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvi 6 oktabr kuni, soat 18:00da start oladi. O‘zbekiston - Xitoy uchrashuvi 11 oktabr kuni, 18:00da boshlanadi. Har ikki o‘yin ham Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichi, dastlabki ikki turida g‘alaba qozonib, 6 ochko bilan o‘z guruhi peshqadami bo‘lib turibdi. 

Manba: Tribuna.Uz

Mavzuga oid