Jahon | 19:17 / 21.09.2016
3091
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda qayiq ag‘darilishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshdagi daryolardan birida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.

Hodisa Barisal okrugidagi Sandhya daryosida ro‘y bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qayiq yo‘lovchilar unga chiqayotganida ag‘darilgan. Bu vaqtda qayiqda 60 nafarga yaqin kishi bo‘lgan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelishgan, ular suvdan 8 kishining jasadini chiqarib olishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid