Jamiyat | 09:17 / 21.09.2016
6481
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada chiqindiga chiqarilgan mahsulotlar sotiladigan supermarket ochildi

Kambag‘al oilalar mahsulotlar uchun qancha istashsa, shuncha to‘lashi mumkin.  Britaniyaning Lids shahrida chiqindiga chiqariladigan mahsulotlar sotiluvchi birinchi supermarket ishga tushdi. Bu haqda Independent xabar bergan.

Do‘konning tokchalarida supermarketlar yoki kompaniyalar tashlab yuborgan mahsulotlar turadi. 

Do‘kon-omborxona birinchi navbatda kambag‘al oilalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu sababli odamlar o‘zlari istagan narxda mahsulot sotib olishi mumkin. 

Do‘konni Real Junk Food Project tashkiloti faollari ochishgan. Kelgusida ular bu kabi supermarketlarni butun Buyuk Britaniya bo‘ylab ochishni maqsad qilishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid