Raqobat qömitasi Pepsi savdo belgisiga egalik qiluvçi «International Beverages Tashkent» kompaniyasiga Baraka market supermarketlar tarmoğini sotib olişga ruxsat bergan. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar berdi.
«Raqobat qömitasi tomonidan «International Beverages Tashkent» MÇJ XKning «Urban Retail» MÇJ XKning 100 foiz uluşlarini oliş böyiça arizasi körib çiqildi.
«International Beverages Tashkent» MÇJ XK Pepsi, 7UP, Mirinda, Mountain Dew, Adrenaline Rush va Lipton savdo belgilari ostida salqin içimliklar işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanuvçi taşkilot;
«Urban Retail» MÇJ XK Baraka market savdo belgisi ostida supermarketlar tarmoği orqali spirsiz salqin içimliklar, oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlar savdosi bilan şuğullanuvçi taşkilot hisoblanadi.
Qömitaning maxsus komissiyasi tomonidan ötkazilgan tahlil natijalariga köra, mazkur bitim korporativ tarkibiy özgartiriş hisoblanişi va töğridan töğri raqobat muhitiga ta’sir körsatmasligi böyiça xulosaga kelindi va arizani qanoatlantiriş haqida qaror qabul qilindi», deyiladi xabarda.
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, «Urban Retail» MÇJ 2020 yilning iyul oyida Toşkent şahrida röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 5 mlrd söm. Kompaniyaning 99 foiz uluşi BAAda röyxatdan ötgan «Holten Enterprise Holdings Ltd» kompaniyasiga, 1 foiz uluşi «Holten Group Corp»ga tegişli. Rahbari sifatida Nikolay Viktoroviç Razumovskiy körsatilgan.
Ma’lumot uçun, «Holten Enterprise Holdings Ltd» va «Holten Group Corp» mos ravişda 99,9 foiz va 0,1 foiz uluş bilan «International Beverages Tashkent» ta’sisçilari ham hisoblanadi.







