Pokiston oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqoti vaziri örinbosari Nilofar Hafiz va savdo vaziri örinbosari Mariya Kazi bilan uçraşuvda mamlakatlar örtasida qişloq xöjaligi sohasida hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yakunda özaro manfaatli bölgan istiqbolli yönalişlar belgilab olindi.

Qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlaş, özaro eksport va import mahsulotlari röyxatini kengaytiriş orqali savdo aylanmasi hajmini oşiriş, muntazam ravişda fitosanitariya xizmatlari örtasida uçraşuvlarni taşkil etiş va ruxsatnomalar rasmiylaştiriş mexanizmlarini yanada soddalaştiriş, Pokiston supermarketlarida Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlari burçagini taşkil etişga kelişildi.

Şuningdek, özaro axborot almaşiş, jumladan fitosanitariya sertifikatlari töğrisidagi ma’lumotlarni yetkazişda elektron va raqamli platformalardan foydalaniş borasida ahdlaşib olindi.

Mamlakat delegatsiyasi a’zolari qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi va logistika-transport xizmatlarini körsatuvçi Pokistonning 30 dan ortiq yirik kompaniya vakillari iştirokida G2B va B2B şakllarida uçraşuvlar ötkazdi.

Tadbirda özaro mahsulotlarni yetkazib beriş tartibi, şartnomada aks ettiriladigan muhim qoida va majburiyatlar, tölov usullari, logistika va saqlaş omborlariga oid masalalar xususida batafsil ma’lumot almaşildi.