Qozoğistonning yirik savdo tarmoği Magnum Özbekistondagi faoliyatini töxtatyapti. Bu haqda Forbes Kazakhstan xabar berdi.

Magnum’ning Toşkentda oltita dökoni bölgan: ulardan beştasi supermarket, bittasi gipermarket formatida işlagan. Forbes Kazakhstan ma’lumotlariga köra, supermarketlarning ayrimlari allaqaçon yopilgan, qolganlarida ham oxirgi tovarlar sotib tugatilyapti.

Magnum Özbekiston bozoriga 2021 yilning dekabrida kirib kelgandi. Kompaniya rahbari Azamat Osmonov qöşni bozorga çiqiş uçun ikki yilga yaqin tayyorgarlik körilganini aytib, faoliyatining birinçi yilida taxminan 20 million dollar investitsiya kiritilişini ma’lum qilgandi.

2023 yil avgust oyida Magnum Cash & Carry kompaniyasi Özbekistondagi barça Carrefour dökonlarini Majid Al Futtaim Uzbekistan’dan sotib oliş böyiça kelişuvga erişgandi. Kompaniya vakillari 2024 yilda yana 10 ta savdo nuqtasini oçib, tarmoqlar sonini 17 taga yetkazişini e’lon qilgandi.

Biroq 2024 yil boşidan boşlab uşbu kengayiş rejalari töxtadi. 2024 yil fevral oyida Toşkentdagi Magnum Qoratoş savdo nuqtasi yopildi. 2025 yil may oyida esa yana ikki savdo nuqtasi – Magnum Yunusobod va Magnum Atlas Çilonzor – rasman boşqa manzilga köçirilgani haqida xabar berilgan bölsa-da, amalda öz faoliyatini töxtatdi.