Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDRni BMT a'zoligidan mahrum qilishga chaqirdi
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Ben Se BMT Bosh Assambleyasida ishtiroki chog‘ida jahon hamjamiyatini KXDRni BMT a'zoligidan mahrum qilish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
"Shimoliy Koreya o‘z majburiyatlarini namoyishkorona inkor qilib, BMT nizomini bir necha marotaba buzdi, Xavfsizlik Kengashi qarorlarini so‘zsiz bajarishdan bosh tortdi. Shu bois Shimoliy Koreya tinchlikni targ‘ib qiluvchi Tashkilotning a'zosi bo‘lishga munosib yoki yo‘qligi haqida o‘ylab ko‘rishning ayni vaqti", - dedi diplomat.
Yun Ben Se Pxenyan "Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi obro‘siga putur yetkazayotgani"ni qo‘shimcha qildi hamda KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026