Jahon | 23:03 / 25.09.2016
9912
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyani Halabni o‘qqa tutishda aybladi

AQShning BMTdagi rasmiy vakili Samanta Pauer Rossiya va Suriya hukumatlarini Halabni o‘qqa tutishda aybladi. Bu haqda Pauer BMTning Suriya bo‘yicha shoshilinch yig‘ilishida ma'lum qildi.

Pauerning aytishicha, Rossiya Halabdagi tinch aholining o‘limi hamda infratuzilmaning muhim obektlari barbod bo‘lishida aybdordir. AQSh Moskvani yarashuv shartlarini buzganlikda aybladi.

"Biz Xavfsizlik kengashini Rossiya Halabning sharqi va u yerdagi 275 ming aholiga katta miqyosli operatsiyani boshlagani uchun yig‘dik", deb aytdi Pauer.

Uning aytishicha, hujumlar oqibatida 139 kishi halok bo‘lgan.

"Shubhasiz, Rossiya bugunda bu hujumlar terrorchilarga qarshi qaratilganini aytadi. Biroq bu safsata", deb qo‘shimcha qildi Pauer.

Avvalroq AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya armiyasi pozitsiyalariga zarba bergandi. Buning oqibatida 60 dan ko‘proq harbiy halok bo‘lgan, 100 ga yaqini yaralangan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid