Jahon | 13:59 / 25.09.2016
5931
2 daqiqa o‘qiladi

Damashq Qatar va Saudiya Arabistonini Suriyaga jangarilarni yuborishda aybladi

Qatar va Saudiya Arabistoni Suriyaga minglab yollanma jangarilarni yuborgan, turk va g‘arb razvedkasi ularga logistik yordam va mashg‘ulot lagerlarini taqdim qilgan, deb aytdi BMT Bosh assambleyasida Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim. 

"Sir emaski, vahhobiylik, xudosizlikda ayblash va qotilliklarga asoslangan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q radikal mafkurani targ‘ib qiluvchi Qatar va Saudiya Arabistoni bu rolni o‘ynagan va Suriyaga eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan minglab yollanma jangarilarni jo‘natib, terrorchilikka barcha usul bilan yordam bergan", deb aytdi Muallim. 

Muallimning aytishicha, Turkiya ham turli davlatlardan o‘n minglab terrorchilarga o‘z chegaralarini ochib radikallarni qo‘llab-quvvatlagan. "U (Turkiya) turk va g‘arb razvedkalari homiyligida ularga logistik yordam va mashg‘ulot lagerlarini taqdim qilgan. Ba'zi hollarda ularga Idlib, Halab va Lataqiya atrofidagi hududlardagi kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam taqdim qilingan", deb qo‘shimcha qildi Muallim.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid