Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Edvard Snoudenga nemis mukofoti topshirildi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden nemis fuqarolik mukofoti – "Donolik qadahi" sovrindori bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bild nashri.
Mukofotni topshirish tantanali marosimi Kassel davlat teatri binosida o‘tdi. Snoudenning o‘zi marosimga kela olmagan.
"Qonun vijdonning o‘rnini bosa olmaydi", deb aytdi u videomurojaatda.
"Donolik qadahi" mukofoti 26-marotaba Germaniyaning Kassel shahrida g‘oyaviy to‘siqlarni barbod qila olgan faoliyat, vijdon va o‘z ishiga bag‘rikenglik uchun topshirildi. Mukofot 1991 yilda Germaniyaning birlashishi sharafiga ta'sis etilgan. Mukofot qiymati 10 ming yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
16:38 / 16.01.2026
Germaniya sharqida Rim imperiyasining harbiy lageri topildi
13:13 / 16.01.2026
Germaniya NATOning keng ko‘lamli mashqlarini qabul qilmoqda
11:45 / 16.01.2026