Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda XV Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bayramona kutib olindi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston sportchilari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida 8 oltin, 6 kumush va 17 bronza medalni qo‘lga kiritib qaytishgan edi.
Joriy yilning 24 sentabr kuni ushbu nufuzli musobaqada Qashqadaryo viloyatidan ishtirok etgan sportchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan sportchilarimizni kutib olishga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, “Kamolot” faollari, sportchilar, paralimpiyachilarimizning ota-onalari, OAV vakillari yig‘ildi.
Joriy yilgi sport mavsumida O‘zbekiston farzandlari dunyoning nufuzli musobaqalari - XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlarida butun jahonga mamlakatimizning ulkan salohiyatini namoyon qildi. Ajdodlari buyuk millatning avlodlari ham buyuk ishlarga qodirligini, yurtimiz yoshlarining mardlik va jasoratda, shijoat va matonatda, iqtidoru iste'dodda hech kimdan kam emasligini, aksincha, manaman degan davlat yoshlaridan ustun ekanini isbotladi.
- Sportchilarimizning Paralimpiya o‘yinlaridagi har bir chiqishini katta hayajon bilan kuzatib bordik, - deydi kutib olishga chiqqan nuroniylarimizdan biri. - Bu natijalar, medallar mustaqilligimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar mevasidir.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar paralimpiyachilarimizning bu yuksak g‘alabasi xalqimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlaganini, mamlakatimizda mustaqillik yillarida sportni rivojlantirishga, bu jarayonda jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratgan e'tibor va g‘amxo‘rlikning ulkan samarasini butun dunyoga namoyon qilganini alohida ta'kidladilar.
Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, ishtirokchilari, ularning ota-onalari va murabbiylari Qarshi shahrida qad rostlagan Amir Temur ko‘prigi bo‘ylab sayohat qildilar.





Mavzuga oid
14:39 / 06.05.2026
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
11:30 / 18.02.2026
Rossiya va Belarus paralimpiyachilari o‘z mamlakatlari bayrog‘i ostida ishtirok etadi
16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:48 / 03.09.2021