“Mashina olib chiqib beraman” deb qishloqdoshlarini aldagan firibgar tavbasiga tayandi
Bekorchilikdan bir so‘m topmay, tekin daromad izlab yurgan Abdusattor Ro‘ziyev garchi tanishi bo‘lmasa ham avtosalonda tanishim bor, mashina olib beraman, deb gap chiqardi. Bu gap qishloqda birdan “bolaladi”, deb yozmoqda “Huquq” nashri.
Kunlarning birida qishloqdoshi Erkinni mashina olib beraman deb aldab, undan 8 ming 500, “shapka”si uchun 1 ming 500, qolgan to‘lovi deb yana 1 ming 700 AQSh dollari olib ketdi.
Bundan tashqari, yana bir qishloqdoshi Shahriyordan mashina olib berishni va'da qilib, avval 7 ming, keyin yana 2 ming AQSh dollari olib ketadi.
Mashina kutaverib, toqati toq bo‘lgan jabrdiydalar voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilishdi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari boshlab yuborildi. Shundan so‘ng Abdusattor olgan pullarini qaytarib berib, kechirim so‘radi.
Mavzuga oid
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
08:50 / 12.07.2024
Toshkentdagi yana bir avtosalon odamlarni aldagani aytilmoqda
07:44 / 27.03.2024