Jahon | 22:58 / 26.09.2016
4722
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yil oxiriga qadar uchta yangi raketa ustida ish boshlaydi

Eron mudofaa vaziri Xusayn Dexganning ma'lum qilishicha, Tehron yaqin oylar ichida uchta yangi tur raketasi ustida ish boshlaydi. Bu haqda Press TV telekanali xabar bermoqda.

"Biz yil oxiriga qadar raketa sohasida uchta muhim mahsulot ishlab chiqaramiz", — deb vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda telekanal. Dexgan ushbu ma'lumotni 25 sentabrda parlament sessiyasida aytib o‘tgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron qattiq yoqilg‘ili radarga qarshi Zolfaqar raketalari ishlab chiqarilishini boshlab yuborgan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid