Jahon | 21:48 / 27.09.2016
6713
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmadinajod 2017 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etmaydi

Eronning hisob bo‘yicha oltinchi prezidenti Mahmud Ahmadinajod keyingi yili mamlakat prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovga o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

«Menda keyingi yilgi saylovda ishtirok etish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q», — degan Ahmadinajod.

U Eron islom respublikasiga 2005 yilning 3 avgustidan 2013 yilning 3 avgustiga qadar muddatda prezident bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid