Texnologiya | 10:33 / 27.09.2016
6568
2 daqiqa o‘qiladi

Infiniti Rossiyadagi yubiley tadbiri doirasida yangi modellarini taqdim etdi

Yaponiyaning Infiniti kompaniyasi Rossiya bozoriga kirib kelganining 10 yilligini nishonladi. Kompaniya bayram tantanalari doirasida Rossiya bozoridagi o‘zining yangi modellari: Q30, QX30, Q50 va QX60 mashinalarini taqdim etdi. Eng asosiy yangilik Q60 sport karining taqdimoti bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berilgan.

Tadbirga aktrisa Ingeborga Dapkunayte, aktyor Aleksey Chadov, musiqachi va kompozitor Dmitriy Malikov, boshlovchi Avrora, teatr rejissyori Andris Liyepa, shoumen va qo‘shiqchi Timur Rodrigez mehmon sifatida tashrif buyurishdi.

Ma'lumot uchun, Infiniti — yapon avtomobil kompaniyasi bo‘lib, Nissan Motor kompaniyasiga qarashli. Kompaniya ishlab chiqarayotgan modellardagi Q prefiksi sedanlarni, QX — esa krossover va yo‘ltanlamaslarni anglatadi.

2016 yilning aprel oyida kompaniya Infiniti Engineering Academy loyihasini ishga tushirdi. Bu dastur Yevropa va Rossiyadagi texnika oliygohlarining omadli talabalari «Formula-1»da faoliyat boshlashi yoki avtomobillar ishlab chiqarilishi jarayonida ishtirok etishini ko‘zda tutadi.

 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid