Jahon | 21:31 / 27.09.2016
6234
2 daqiqa o‘qiladi

London meri Britaniya hukumatini muhojirlardan foydalanishda aybladi

London meri Sodiq Xon Buyuk Britaniya hukumatini mamlakatda yashab, mehnat qiluvchi YeIdagi muhojirlardan Brexit muzokaralarida "foydalanish"da aybladi. 

Seshanba kuni Leyboristlar partiyasi konferensiyasida chiqish qilgan Xon muhojirlarga nisbatan qo‘llayotgan siyosati uchun konservatorlardan iborat hozirgi hukumatni, shuningdek o‘tgan yilgi saylovlarda g‘alaba qozona olmagan Leyboristlar partiyasining sobiq rahbariyatini tanqid ostiga oldi.

U Yevroittifoqdagi muhojirlarga minnatdorchilik bildirdi va ularning "Britaniyada iliq kutib olinishi"ni ma'lum qildi. "Ular sog‘liqni saqlash, ta'lim, qurilish va biznes sohalariga ulkan hissa qo‘shishmoqda, bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega", - dedi Xon. 

London meri 2020 yildagi umumxalq saylovlarda g‘alaba qozonish hozirda tanazzulga yuz tutgan Leyboristlar partiyasining muhim vazifasi ekanligini aytdi. "Leyboristlar hukumat tepasiga qaytsagina mamlakatimizda o‘zgarishlar bo‘ladi", - dedi u. Mamlakatning hozirgi hukumati oldida turgan muammolar orasida u o‘sib borayotgan ekstremizm, nafratga asoslangan jinoyatchilik, aholining boy va kambag‘al qatlamlari o‘rtasidagi tafovutni sanab o‘tdi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid