London meri Brexit’dan keyin ishga yollashning o‘zgacha shartlariga erishmoqchi
London meriyasi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin sarmoya jalb qilish uchun shaharda ishlash uchun maxsus ruxsatlarni kiritish rejasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda London meri Sodiq Xon Sky News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Biz biznes-yetakchilar, kompaniyalar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan bir vaqtlar Londonni dunyodagi eng buyuk shaharga aylantirgan iste'dodlar, innovatsiyalar va aloqani yo‘qotmaslik uchun nima qila olishimizni anglash maqsadida maslahatlashmoqdamiz. Hukumat buni tushunayotgani yaxshi jihat", deb aytdi Xon.
Xon London uchun alohida ishchi vizalarni kiritish imkoniyatiga to‘xtalib, uning mer sifatidagi ishi biznesni qo‘llab-quvvatlash va uni Londonga jalb qilish ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Xon Londonning ko‘pchilik aholisi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa-da, mustaqil shahar-davlat yaratish haqida gap yo‘qligini aytgan. Biroq, Xonning aytishicha, u Buyuk Britaniya poytaxti uchun ko‘proq muxtoriyat berilishi va bosh vazir bilan Brexit bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024