Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada mashhur tish yuvish vositalari savdodan qaytarib olinayapti
Koreyaning yirik kosmetika kompaniyasi AmorePacific ("Amor pasifik") tish yuvish vositalari inson sog‘lig‘i uchun xavfli moddalar bo‘lgani sababli sotuvdan qaytarib olinayapti. Bu haqda Janubiy Koreya oziq-ovqat va farmakologiya xavfsizligi vazirligi ma'lum qilgan.
"Median ("Median") savdo belgisining 11t mahsuloti savdo peshtaxtalaridan qaytarib olinadi. Ularning tarkibida metilizotiazolinon (MIT) va metilxlorizotiazolinon (CMIT) moddalari mavjudligi aniqlangan", - deyiladi xabarda. Unda ta'kidlanishicha, bu tish pastalari xorijga eksport qilinmagan.
Ushbu moddalar ayrim mamlakatlarda kosmetika sanoatida konservantlar va zamburug‘larga qarshi vositalar sifatida qo‘llaniladi. Janubiy Koreyada tish yuvish vositalari ishlab chiqishda ulardan foydalanish taqiqlangan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026