Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
80 foizdan ko‘proq rossiyaliklar Putinning ishidan mamnun ekanliklari ma'lum bo‘ldi
"Levada-sentr" o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bu lavozimdagi faoliyatini 80 foizdan ko‘proq rossiyaliklar ma'qullamoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Putinning ishidan taxminan 18 foiz so‘ralganlar norozilik bildirishdi.
Dmitriy Medvedevning bosh vazir lavozimidagi ishini 48 foiz odamlar ma'qullashgan.
So‘ralganlardan yarmi davlat to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga ishonchlari komilligini aytganlar. Biroq hamma ham bunday fikr bildirmagan: 32 foiz so‘ralganlar "Rossiyadagi voqealar boshi berk ko‘chaga olib kirishini" aytishgan. 19 foiz so‘ralganlar bu savolga ishonch bilan javob berishi olmagan.
Shuningdek, so‘rovnomaga ko‘ra rossiyaliklar Putinga, mudofaa vaziri Sergey Shoyguga va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga eng ko‘p ishonishlari ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026