Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kashmirdagi Hindiston va Pokiston chegarasida o‘t ochildi
Hindiston armiyasi Kashmirda “jarrohlik zarbalari” seriyasini berdi, deb ma'lum qilgan mamlakat harbiy qo‘mondonlik vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jangarilarning Pokiston tomonidan qiladigan rejalashtirilgan hujumlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
Pokistonda esa, chegarada qurolli hodisa yuz bergani ma'lum qilingan.
Hind ma'lumotlariga ko‘ra, Pokiston armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan va nazorat liniyasi bo‘ylab o‘t ochgan. Pokiston televideniyesi esa Hindiston tomonidan “sababsiz o‘t ochishlar” bo‘lganligini ma'lum qilgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Kashmirdagi otishmalar sabab zudlik bilan hukumat yig‘ilishi chaqirgan.
Ma'lumot uchun, 1947 yildan beri Kashmir masalasida Hindiston va Pokiston o‘rtasida ziddiyat kechadi. Jammu va Kashmir shtatining ma'lum bir hududiga Xitoy ham da'vo qiladi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
20:57 / 03.01.2026