Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXR THAAD tizimlarini Koreya yarimoroliga joylashtirmaslikka chaqirmoqda
Xitoy rahbariyati AQSh va Janubiy Koreyani mintaqa mamlakatlarining Amerikaning THAAD RQM tizimlari xususida bildirayotgan xavotirlarini jiddiy qabul qilishga va uni joylashtirish fikridan qaytishga chaqirmoqda. XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan shunday bayonot bergan.
Uning qayd etishicha, Koreya Respublikasida joylashtirilishi rejalashtirilayotgan THAAD RQM tizimi yarimorolning yadro qurolidan xoli bo‘lishiga, u yerda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga yordam bermaydi. Bundan tashqari, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, THAAD tizimini joylashtirish mintaqa mamlakatlarining strategik manfaatlariga ziddir.
"Xitoy jiddiy ravishda bunga qarshi bo‘lgani bois mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilish va mintaqaviy strategik muvozanatni saqlash uchun zaruriy choralar ko‘radi", — deb qo‘shimcha qilgan Gen Shuan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:37 / 16.05.2026
Tramp: Xitoy hukumati Jimmi Layni ozod qilish niyatida emas
07:42 / 15.05.2026
«Raqib emas, hamkor bo‘laylik» – Tramp va Si uchrashuvining birinchi kuni qanday o‘tdi?
13:32 / 14.05.2026