Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp AQSh Respublikachilar safida jiddiy parokandalikka sabab bo‘lmoqda
AQShning Respublikachilar partiyasidan sobiq prezidenti kichik Jorj Bush va Laura Bushning qizi Barbara 1 oktabr kuni Hillari Klintonning Parijda bo‘lib o‘tgan saylovoldi mablag‘ jamg‘arish anjumaniga tashrif buyurgan. Bu haqda, SNN telekanali voqeadan xabardor manbaning so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Barbara Bush Klinton yordamchisi Huma Abedin hamda Vogue jurnali bosh muharriri Anna Vintor bilan mazkur jamg‘armani oshirish yig‘ilishida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
Ushbu surat keyinchalik Klinton jamg‘armasiga hissa qo‘shishda ishtirok etganlar tomonidan ham tarmoqqa qo‘yilgan. Xususan, Moda Operandi onlayn moda sayti asoschisi Lauren Santo Domingo Barbara Bushning birgalikda tushgan suratini heshteg bilan birga o‘z sahifasida joylashtirgan.
Biroq, hozircha sobiq prezident matbuot kotibi mazkur suratlarga izoh bermagan. Klinton shtabi vakillari ham fikr bildirishmagan.
Aytish joizki, Barbara Bush respublikachilar oilasining demokratlar nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga ahd qilgan so‘nggi vakilidir.
O‘tgan oyda, sobiq respublikachi prezident Jorj Bush Merilend shtatining sobiq gubernatori Ketlin Kennediga Klinton uchun ovoz berishini bildirgan edi.
Barbaraning onasi Laura Bush xonim ham shu yilning boshlarida partiyadoshi Tramp o‘rniga Klinton xonim uchun ovoz berishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
23:37 / 20.04.2026