Jahon | 07:04 / 03.10.2016
4112
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyaliklar inqilobchi FARK tashkiloti bilan yarashuvga qarshi chiqdilar

Kolumbiyada o‘tgan umummilliy referendum natijalariga ko‘ra, kolumbiyaliklarning yarmidan ko‘pi "Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuchlari" (FARK) bilan tinchlik sulhini tuzishga qarshi chiqdilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

99,95 foiz ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin sulhni 49,76 foiz odam ma'qulladi, 50,23 foiz odam unga qarshi ovoz berdi.

Kolumbiya va FARK avvalroq 52 yillik kurashdan keyin tinchlik sulhini imzolagandi. Kelishuv qabul qilingandan keyin kolumbiyaliklarning fikrini bilish uchun referendum o‘tkazishga qaror qilingan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos agar mamlakat fuqarolari kelishuvga qarshi chiqsalar, unda zaxira reja yo‘qligini va FARKka qarshi jangovor harakatlarni davom ettirishga majbur bo‘lishini aytgan.

Mavzuga oid