Fan-texnika | 14:13 / 03.10.2016
4787
2 daqiqa o‘qiladi

“Odnoklassniki” MDH mamlakatlarining interfeys dizaynerlari uchun tanlov e'lon qildi

Shu yilning 10 oktabridan 21 dekabriga qadar hisob bo‘yicha beshinchi bor Russian Design Cup musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Tanlov sayt, mobil ilova va davlat portallari yaratishdan bekatlardagi displeylarni bezash, “Aqlli” soatlar uchun ilovalar yaratish va maishiy uskunalarni boshqarishgacha bo‘lgan turli xil topshiriqlardan iborat bo‘lib, uch bosqichda o‘tadi. Tanlov g‘olibi Mac Pro noutbuki sohibiga aylanadi, yana talabgorlarni “Gosuslugi”, ICQ va “Mann, Ivanov va Ferber”lardan sovg‘alar kutadi.

Bu safar talabgorlarning ishlarini “Innova”ning art direktori Anton Yarusov, Scream School, Bang! Bang! Education va Britaniyaning Dizayn oliy maktabi kurslarining noziri Dmitriy Karpov, AIC’ning boshqaruvchi sherik va bosh-dizayner Sergey Popkov, “Odnoklassniki” loyihasining dizayn guruhi rahbari Leonid Ivaxov va Mail.Ru Group portalining dizayn jamoasi rahbari Yuriy Vetrov baholaydilar.

Russian Design Cup bu har yili o‘tkaziladigan tanlov. Uning tashkilotchisi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i. Baholash ekspert hay'at a'zolari tomonidan amalga oshiriladi va tanlov uch bosqichda hamkorlarning turli xil topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Tanlovda yosh dizaynerlardan tortib katta kompaniyalarning tajribali art-direktorlari va menejyer-dizaynerlari ham qatnasha oladi. 2015 yilda tanlovda Rossiya, Ukraina, Belarus va Ozarbayjondan 210 nafardan ortiq dizayner 300 tadan ortiq ishlari bilan  qatnashishgan.
 

Mavzuga oid