Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizil Xoch va Qizil Yarimoy Suriyada o‘z ishini davom ettiradi
Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi va Suriyaning Qizil Yarimoy jamiyati RF va AQSh o‘rtasida Suriya masalasida hamkorlik to‘xtatilgan bo‘lsada, mamlakatda o‘z ishini davom ettiraveradi. Bu haqda Damashqdagi Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi matbuot kotibi Ingi Sedkiy ma'lum qilgan.
"O‘t ochishni to‘xtatish rejimi amalda bo‘ladimi yoki yo‘q, Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi (QXXQ) Suriyadagi Qizil Yarimoy bilan birga qilinishi lozim bo‘lgan barcha ishni bajaradi, yordamga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatadi", — dedi u AQSh qaroridan so‘ng QXXQ Suriyada ishini davom ettirish, ettirmasligi haqida berilgan savolga.
Sedkiyning so‘zlariga ko‘ra, QXXQ “gumanitar yordam siyosiy jarayonlardan holi bo‘lishi zarur”, deb hisoblaydi.
"Muhtojlik yuqori darajada va gumanitar agentliklar o‘t ochish to‘xtatilganmi yoki yo‘q, bularni kuzatishdan mustaqil bo‘lishi kerak", — deya ta'kidladi u.
Mavzuga oid
16:03 / 26.11.2025
Hamas so‘nggi jasadlardan birini qaytardi
09:41 / 01.11.2025
BMT va Qizil Xoch Al-Fashirdagi vahshiyliklarni qoraladi
13:21 / 27.10.2025
Qizil Xoch HAMASga garovga olinganlar jasadini qidirishda yordam bera boshladi
15:25 / 13.09.2024