Qizil Xoçning Donetsk oblastidagi gumanitar missiyasida işlovçi uç ukrainalik öqqa tutiş oqibatida halok böldi, yana ikki kişi yaralangan. Bu haqda Ukraina hukumati xabar bergan va ma’lumot Qizil Xoç xalqaro qömitasi tomonidan tasdiqlangan. Ular front yaqinidagi qişloqlarda uylarni isitiş uçun işlatiladigan briket mahsulotlarini olib ketayotgandi. Rossiyalik harbiylar zarba haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirmadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy payşanba kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali rossiyalik harbiylar Donetsk oblastida Qizil Xoç xalqaro qömitasi gumanitar missiyasi maşinalariga hujum qilgani haqida ma’lum qildi.
«Afsuski, uç kişi Rossiyaning bu zarbasi qurboni böldi. Bu uruşda barçasi ravşan: Rossiya yovuzlik qilmoqda, Ukraina insonlar hayotini himoyalamoqda», — deya yozgan Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlar orqali.
Bunga qadar oblast harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filaşkin payşanba tongida rossiyalik harbiylar Verolyubovka qişloğiga artilleriya zarbasi yöllagani, buning natijasida uç kişi halok bölgani haqida xabar tarqatgandi.
Donetsk prokuraturasi aniqlik kiritişiça, «Qizil Xoç xalqaro qömitasi xodimlari mazkur aholi yaşaş punktiga mahalliy aholi uylarini isitişi uçun yonilği briketlari keltirgandi». «Öqqa tutiş vaqtida ular yetkazilgan yordamni tuşirayotgandi», — deyilgan xabarda.
Hujum oqibatida voqea joyida 40, 41 va 48 yoşli kişilar halok bölgan, deyiladi prokuratura xabarida, yana ikki kişi oskolka sançilişi va portlaş zarbasi oqibatida yaralangan. Zarba oqibatida yuk maşinasi hamda yana bir yengil avtomobil yonib ketgan.
Verolyubovka front çiziğidan taxminan 8 km masofada joylaşgan. Rossiyalik harbiylar qişloq böylab berilgan zarba hamda Qizil Xoç xodimlari halok bölgani haqidagi xabarni izohlamagan.
Qizil Xoç öqqa tutiş oqibatida taşkilotning uç xodimi halok bölganini, yana ikki xodim yaralanganini tasdiqlagan. Taşkilot saytida joylaştirilgan bayonotda zarba gumanitar yordam tarqatilişi möljallangan nuqtaga qarata berilgani aytilgan.
Yordam tarqatilişi hali boşlanmagandi, şu tufayli mahalliy aholi vakillari jabrlanmagan, deya aniqlik kiritilgan taşkilot bayonotida.










